OITSga qarshi kurashish markazida korrupsiyaga qarshi yig‘ilish o‘tkazildi… 🇺🇿 Bugun OITSga qarshi kurashish markazida korrupsiya holatlarining oldini olishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. ✅ Yig‘ilish davomida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun asosida deklaratsiya to‘ldirish tartibi, shuningdek tanish-bilishchilik, pora va sovg‘alarni berish hamda olish bilan bog‘liq javobgarlik masalalari tushuntirildi. 📍 Shuningdek, markazga ishga qabul qilish jarayonlari belgilangan tartib asosida, ARGOS tizimi orqali, har qanday manfaatlar to‘qnashuvisiz amalga oshirilishi yana bir bor ta’kidlandi. ✨ Bundan tashqari, yig‘ilishda ijro intizomi, xodimlarning yuklamalarni vijdonan bajarishi hamda boshqa muhim masalalar atroflicha muhokama qilinib, yakunda mas’ullarga aniq topshiriqlar belgilab berildi. Bugun OITSga qarshi kurashish markazida Korrupsiya holatlarining oldini olish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi! ✅ Yig‘ilishda Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi Qonun asosida deklaratsiya to‘ldirish masalasi, shuningdek tanish bilishchilik, pora, sovg‘a va boshqalarni berish va olishning javobgarligi tushuntirildi; ✅ Markazda ishga olishda ham o‘rnatilgan tartib asosida ARGOS tizimi orqali ishchilar, birorta manfaatsiz ishga olinishi yana bir bor ta’kidlandi. ✅ Yig‘ilishda shuningdek ijro intizomi, yuklamalarni har bir xodim vijdonan bajarishi va boshqa masalalar atroflicha muhokama qilindi va yig‘ilish qarori bilan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

OIV/OITS bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi… 🇺🇿 Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalarida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 3-fevral kuni Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali o‘quv zalida OIV/OITS masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi. ✅ Mazkur seminar Jizzax viloyat OITSga qarshi kurash markazi mas’ul xodimlari tomonidan ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalari hamda shahar va tuman tibbiyot birlashmalarining OIV/OITS bo‘yicha mas’ul vrachlari va bosh hamshiralari ishtirokida o‘tkazildi. 🗝 Shuningdek, 2025-yil I-choragi davomida tibbiyot xodimlari o‘rtasida 4–6–8 soatlik dasturlar asosida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish, seminar va sinov mashg‘ulotlarida xodimlarning to‘liq ishtirokini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi. ✨ Mazkur jarayonlarning ijrosi Viloyat OITSga qarshi kurash markazi tomonidan nazoratga olindi.

Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari ishtirokida “Sog’lom hayot sari birgalikda” mavzusida profilaktik tadbirlar tashkil etildi. O‘tkazilgan tadbirda Jizzax harbiy prokuroturasi hamda Jizzaxviloyat OITSga qarshi kurashish markazi xodimlari ishtirok etdilar. Profilaktik tadbir davomida ishtirokchilarga OIV, OITS va uning natijasida jamiyat va oilaviy muhitga ta’siri yuzasidan batafsil tushunchalar berildi. Tadbir so‘ngida harbiy xizmatchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi va tarqatma materiallar tarqatildi.

Tungi reyd davomida tibbiy ko‘rik va profilaktika tadbirlari o‘tkazildi ✅ Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bilan kelishilgan yillik chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, 31- yanvar kuni Jizzax shahrida navbatdagi tungi profilaktik reyd o‘tkazildi. ✅ Tadbir davomida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tungi klublar, restoran va boshqa ko‘ngilochar maskanlarda fuqarolarning xavfsizligi, axloqiy me’yorlarga rioya etilishi va sog‘liqni saqlash masalalariga e’tibor qaratildi. ✅ Reyd chog‘ida Ichki ishlar boshqarmasiga qarashli vaqtincha saqlash va qo‘riqlash maskaniga olib kelinib, ularning sog‘lig‘i OIV infeksiyasi, virusli gepatit B va C, zaxm kasalliklari bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. doimiy yashash manzili boshqa viloyatda bo’lgan D nazoratda turuvchi 2 nafar shaxslar aniqlandi. ✅ Shifokorlar tomonidan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi, kasalliklarning oldini olishga doir buklet va eslatma materiallar tarqatildi. ✅ Mazkur tadbir aholining sog‘lig‘i, ayniqsa, yoshlar orasida yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasida navbatdagi hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi… ➕ Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasida navbatdagi hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasining 2025-yil 30-maydagi 378-son qo‘shma qarori asosida uzoq muddat xorijiy davlatlarda bo‘lib, yashash manziliga qaytgan fuqarolar, xususan mehnat migrantlarini OIV infeksiyasiga tekshiruvdan o‘tkazishni tashkil etish masalalari muhokama qilindi. ✅ Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 1-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasining onadan bolaga yuqishini oldini olish bo‘yicha 2024–2026-yillarga mo‘ljallangan yo‘l xarita” ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil etildi. 🗝 Yig‘ilish davomida aniqlangan xato va kamchiliklar uchun mas’ul shaxslarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi hamda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar belgilab olindi.