OIV infeksiyasiga qarshi kurash tadbirlarini muvofiqlashtirish viloyat komissiyasi yig’ilishi o’tkazildi.

2019-yil 25-dekabr kuni viloyat hokimligida «OIV infeksiyasiga qarshi kurash» tadbirlarini muvofiqlashtirish viloyat komissiyasi  yig’ilishi o’tkazildi.

Yig’ilishda viloyat tashkilot va muassasa rahbarlari, ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari, shahar va va tuman tibbiyot birlashmalari boshliqlari ishtirok etdi. Yig’ilishda viloyatda OIV infeksiyasining tarqalish sabablari va bu borada mas’ul xodimlarning hisobotlari tinglandi. Viloyat Oitsga qarshi kurashish bosh markazi bosh vrachi Nilufar Asqarova so’ziga ko’ra, bugungi kunda shahar va tuman tibbiyot birlashmalari tomonidan aholini OIV infeksiyasiga tekshirish bilan qamrab olish yetarli darajada emasligi, o’tkazilayotgan targ’ibot-tashviqot ishlari yetarli darajada emasligi ma’lum bo’ldi. Yig’ilishda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bo’lim boshlig’ining so’ziga ko’ra OIV infeksiyasi shifokorlar tomonidan yuqtirish holatlari hamon uchrayotganligi ma’lum bo’ldi. Yig’ilish so’nggida tegishli qaror qabul qilindi.