24- may kuni Jizzax viloyat hokimining 25.04.2023 yildagi №01-782 sonli II chorakka mo’ljallangan OIV infeksiyasini tarqalishiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish, aholini tibbiy ko’rikdan o’tkazishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasiga binoan Zarbdor tumani Nurafshon va Oybek mahallalarida 163 nafar aholi orasida OIV va virusli gepatit B va C infeksiyalarga tibbiy tekshiruv o’tkazildi. 9 nafar fuqarolarda gepatit B va 1 nafaqrida esa gepatit C aniqlandi. Shu mahallalardagi chet elda uzoq muddatga borib kelgan 6 nafar fuqarolarning xonadonlarida tushtirish ishlari olib borildi. 1 ta dorixona, 4 ta do’konlarda va 6 ta xonadonlarda davra suhbatlari o’tkazildi. 15 ta so’rovnoma qilindi.